Narxlar

Oyiga, yiliga yoki umrbodga

Har bir mahsulotni 30 kun bepul sinab ko'rasiz — alohida. Sinov tugagunicha hech narsa to'lamaysiz.

Davom Mobile

Cho'ntakdagi to'liq kassa (Android & iOS)

400 000 so'm — bir marta
Umrbod / Cheksiz limit
Bir martalik to'lov, cheksiz limit va umrbod foydalanish

Bir martalik to'lov — 400 000 so'm. Oylik to'lovlarsiz, umrbod cheksiz savdo. 100% oflayn kassa, skanerlash, kassa tushum/chiqimlari, nasiya daftari va Google Drive bulutli zaxirasi.

30 kun bepul sinash

Davom Kafe

Kafe, choyxona va fast-food uchun

1 800 000 so'm / yil
200 000 × 12 3 oy bepul
Oylik to'lasangiz — 200 000 so'm / oy
Umrbod 5 400 000 so'm — bir marta
Taxminan 3 yillik to'lovga teng, keyin butunlay bepul

Menyu bo'yicha savdo, oshxonaga buyurtma yuborish va Telegram orqali onlayn buyurtma qabul qilish.

30 kun bepul sinash

Davom Kichik

Kichik do'konlar uchun yengil variant

900 000 so'm / yil
100 000 × 12 3 oy bepul
Oylik to'lasangiz — 100 000 so'm / oy
Umrbod 2 700 000 so'm — bir marta
Taxminan 3 yillik to'lovga teng, keyin butunlay bepul

Tez o'rnatiladi, kuchsiz kompyuterda ham ravon ishlaydi. Elektron tarozi bilan bog'lanadi.

30 kun bepul sinash

Har bir litsenziyaga kiradi

Yangilanishlar

Yil davomida chiqqan barcha yangi versiyalar bepul.

Kompyuter almashtirish

Kabinetdan o'zingiz o'tkazasiz — oyiga ikki marta bepul.

Yordam

Telegram orqali yozasiz, ish kunlari javob beramiz.

O'rnatishda yordam

Birinchi sozlashda masofadan ulanib yordam beramiz.

To'lov usullari

Sinov muddati tugagach to'lovni amalga oshirasiz. To'lov tasdiqlangach litsenziya kabinetingizda darhol faollashadi.

Payme

Karta orqali

Click

Ilova orqali

Bank o'tkazmasi

Yuridik shaxslar uchun

Narx haqida savollar

Yil tugagach nima bo'ladi?

Muddat tugashidan oldin kabinetda ogohlantirish chiqadi. Uzaytirmasangiz dastur yangi savdo qabul qilmaydi, lekin ma'lumotlaringiz joyida qoladi.

Ikkinchi kassa uchun-chi?

Har bir kompyuter uchun alohida litsenziya kerak. Bir nechta kassa olsangiz kabinetdan hammasini bitta joydan boshqarasiz.

Sinovdan keyin ma'lumotlarim saqlanadimi?

Ha. Sinov davomida kiritgan mahsulot, mijoz va savdolaringiz to'lovdan keyin ham o'sha joyida turaveradi.

Umrbod tarif nimani anglatadi?

Bir marta to'laysiz va o'sha kompyuterda muddatsiz ishlatasiz — oylik yoki yillik to'lov bo'lmaydi. Barcha yangilanishlar ham kiradi. Dastur litsenziyani tekshirish uchun vaqti-vaqti bilan internetga ulanadi, shuning uchun u DAVOM xizmati ishlab turgan davrga mo'ljallangan.

Umrbod tarifda kompyuter almashtirsam?

Mumkin — yiliga ikki marta o'zingiz almashtirasiz, kabinetdagi tugma orqali. Kompyuter buzilib, ko'proq kerak bo'lsa biz bilan bog'lanasiz.

Hisob-faktura kerak bo'lsa?

Bank o'tkazmasini tanlaganingizda shartnoma va hisob-faktura tayyorlab beramiz.