Savdo. Hisob. Nazorat. Windows, Android & iOS

DAVOM

Do'kon va kafengiz uchun savdo dasturlari.
Har kungi ishlar tartibda. Muhim raqamlar ko'z oldingizda.

Har mahsulot uchun alohida sinovMa'lumotlar kompyuteringizdaO'z Telegram botingiz bilan
Mahsulotlarimiz

Ishingizga mos birini tanlang

Uchalasi ham bir xil yadroda qurilgan — chek, skaner va hisobot hamma joyda bir xil ishlaydi. Farqi ishning turida.

Davom Mobile

Cho'ntakdagi to'liq kassa (Android & iOS)

Bir martalik to'lov — 400 000 so'm. Oylik to'lovlarsiz, umrbod cheksiz savdo. 100% oflayn kassa, skanerlash, kassa tushum/chiqimlari, nasiya daftari va Google Drive bulutli zaxirasi.

400 000 so'm — bir marta (umrbod)

Davom Do'kon

To'liq imkoniyatli savdo dasturi

Oziq-ovqat, maishiy texnika va aralash do'konlar uchun. Katta assortiment, qarzdor mijozlar va bir nechta narx darajasi bilan ishlaydiganlarga.

200 000 so'm / oy Batafsil

Davom Kafe

Kafe, choyxona va fast-food uchun

Menyu bo'yicha savdo, oshxonaga buyurtma yuborish va Telegram orqali onlayn buyurtma qabul qilish.

200 000 so'm / oy Batafsil

Davom Kichik

Kichik do'konlar uchun yengil variant

Tez o'rnatiladi, kuchsiz kompyuterda ham ravon ishlaydi. Elektron tarozi bilan bog'lanadi.

100 000 so'm / oy Batafsil
Davom Kichik

Savdo oynangiz

Davom Kichik savdo oynasi, oq rejim. Sinov mahsulotlari bilan. Davom Kichik savdo oynasi, qora rejim. Sinov mahsulotlari bilan.
Imkoniyatlar

Kunlik ishingizni yopadigan narsalar

Chek chop etish

80 mm termal printerga logotip, QR kod va o'z matningiz bilan. Chop etishdan oldin ko'rib olasiz.

Shtrix-kod skaner

Klaviatura rejimidagi istalgan skaner ishlaydi. Mahsulot o'qilishi bilan chekka tushadi.

Telefondan savdo

Xodim o'z telefonidan zal bo'ylab yurib savdo qiladi — bir Wi-Fi tarmoqda, brauzer orqali.

O'z Telegram botingiz

Botni o'zingiz ochasiz va ulaysiz — mijozlar buyurtma beradi, hisobot sizga tushadi. Bot siznikida qoladi.

Qarz va mijozlar

Kim qancha qarzdor, muddati qachon — dastur o'zi eslatadi. Har mijozga alohida narx darajasi.

Excel hisobotlar

Sotuv, kirim va ombor qoldig'i tayyor jadval bo'lib chiqadi. Kunlik zaxira avtomatik olinadi.

Ko'p so'raladigan savollar

Sinov muddatida hamma narsa ochiqmi?

Ha. 30 kun davomida hech qanday cheklov yo'q, va har bir mahsulotni alohida sinab ko'rasiz.

Bir litsenziya nechta kompyuterga?

Bitta kompyuterga. Lekin kabinetdan boshqasiga o'tkazish oyiga ikki marta bepul.

Telegram bot kimniki bo'ladi?

Sizniki. Botni o'zingiz ochasiz va tokenini dasturga kiritasiz — u to'liq sizning nazoratingizda.

Ma'lumotlarim yo'qolib qolmaydimi?

Dastur kunlik zaxira oladi. Xohlasangiz zaxira nusxasi Telegram orqali sizga yuboriladi.

Bugun o'rnatib, ertaga savdo qiling

Ro'yxatdan o'tish bir daqiqa. Sinov uchun to'lov ma'lumotlari so'ralmaydi.

30 kun bepul sinash